“Teatr kuni” ga IIB litseyi o‘quvchilari tashrifi
“Teatr kuni” ga
IIB litseyi o‘quvchilari tashrifi
14 mart kuni Qashqadaryo viloyati IIBga qarshli akademik litsey o‘quvchilari O‘zbekiston respublikasi san’at arbobi O.Salimov tomonidan sahnalashtirilgan “Inson qadri” g‘oyasi asosidagi X.Sultonning “Uyg‘on bolam” spektakliga tashrif buyurishdi.

“Uyg‘on bolam” spektaklida bugungi kunning global mavzularidan biri bo‘lgan kambag‘allikka qarsha kurash mavzusi spektaklning bosh mezoni qilib olingan. Qiziqaprlisi, unda davlatimiz yaratib berayotgan ulkan imkoniyatlardan foydalana olmagan ilmsiz va bilim olishga befarq yoshlar hayoti ham yumor ostiga olingan holda aks ettirilgan. Spektakl tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olindi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
👉Telegram (https://t.me/QVMDT) 👉Facebook (https://www.facebook.com/share/1DZi4c5JJx/?mibextid=qi2Omg) 👉Instagram (https://www.instagram.com/qashqadaryo_teatri/profilecard/?igsh=NXMwZ3Z4cm91M3Zv) 🌐 veb-sayt (https://qarshiteatr.uz/)
