“Teatr kuni” da Qarshi ixtisoslashgan madaniyat maktabi tashrifi
“Teatr kuni” da
Qarshi ixtisoslashgan madaniyat maktabi tashrifi

29 yanvar kuni Qarshi ixtisoslashgan madaniyat maktabi o‘quvchi hamda o‘qituvchilari uchun Do‘stlik ordeni sohibi F.Boynazarov tomonidan sahnalashtirilgan F.Toshevning “Fidoyi” spektakli namoyish etildi. “Fidoyi” spektaklida 1937 — 1953 yillarda mustabid tuzum tomonidan 100 mingdan ziyod qatag‘on siyosatining qurbonlari orasidagi prokuratura xodimlaridan biri Badriddin Sharipov hayotining sinovli va og‘ir kunlari haqida hikoya qiladi. Spektakl o‘ziga xos uslubda sahnaning o‘zida tomoshabin bilan bir sahnada ijro etiladi. Bu kabi millat fidoiylari bugungi yorug‘ kunlar uchun o‘z jonini fido etgan ekan, bugungi avlod u kunlar haqida unutmasligini uqdirdi. Spektakl tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olindi. Speketakl namoyishida jami 350 nafar tomoshabin qamrab olindi
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
