“Teatr kuni”

“Teatr kuni”

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023 yil 22 dekabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida korxona va muassasalarda oyning bir kuni “Teatr kuni” deb belgilanib, xodimlarning teatrlarga borishi belgilab berilgan.

30 yanvar kuni soat 11:00da hamda 14:00da Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi R.Muxammadjonovning   “Davlat bolalari” spektakli  Qarshi yuridik texnikumi o‘quvchilari hamda IIB qarashdli akademik litsey o‘quvchilari uchun namoyish etildi.  Rejissyor – Farhod Jumaev tomonidan sahnalashtirilgan ushbu spektaklda insoniy kechinmalarni ulug‘lashga e’tibor qaratilgan.  Spektakl tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olindi.  Spektakl namoyishida jami 450 nafar tomoshabin qamrab olindi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati