Talabalar hamda o‘quvchilar premyeraga tashrif buyurdi.

Talabalar hamda o‘quvchilar premyeraga tashrif buyurdi.

19 fevral kuni  Axborot texnologiyalari va menejment universiteti talabalari hamda Qarshi shahridagi 43-sonli maktab o‘quvchilari uchun viloyat musiqali drama teatrida Sh. Xudoynazarovaning “Muhabbat” spektaklini tomosha qilishdi. Rejissyor Farhod Boynazarov tomonidan sahnalashtirilgan spektakl barchaga xush kayfiyat baxsh etdi.

Spektakl rassomi Ilhom Rustamov tomonidan spektakl uchun maxsus qumlar yordamida chizilgan sahna dekoratsiyasi hamda voqeliklar, ayniqsa, M.Sharopovaning surati tomoshabinlarda ulkan hayrat tuyg‘usini uyg‘otdi.

Bilimdon matematik sifatida tanilgan, viloyatda birinchi bo‘lib bolalar uchun matematikadan qo‘llanmalar yozgan, Muhabbat Sharapovaning fidokorona mehnati va insoniy fazilatlari spektakl orqali yorqin ifodalangan bo‘lib, tomoshabinlarga, ayniqsa, yosh avlodga ibrat bo‘ldi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati