#TABRIKNOMA
#TABRIKNOMA
Qashqadjaryo viloyati musiqali drama teatri direktori, “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni sohibi Maxmatqulov O‘tkir O‘tkir Karimovichning tavallud topgan kuni.
O‘tkir Karimovichni tavallud ayyomi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz. Teatrning respublika va xalqaro sahnalarda o‘z o‘rni va nufuziga ega bo‘lishida, xalqaro jahon teatr sahnalari sari keng imkoniyatlar va mustahkam ijodiy rishtalar bog‘lanishida, bugungi teatr ijodiy salohiyatini yuksalishida Sizning o‘rningiz beqiyos. Shu bilan birga Teatrdagi ijodiy muhitning shakllanishida, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib tarzda faoliyat olib borishida, har bir teatr xodimining teatr mutaxxasislari tomonidan e’tirof etilishida, davlat mukofotlari olinishida Sizning nafaqat rahbarlik salohiyatingiz bilan birga xodimlarga bo‘lgan samimiy mehringiz ham alohida e’tirofga molik.
Shukrona kuningiz munosabati bilan Sizga sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kelgusi ishlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati