«SEN BARIBIR MUQADDASSAN, MUQADDAS AYOL!» bayram konsert tadbiri davom etmoqda
«SEN BARIBIR MUQADDASSAN, MUQADDAS AYOL!»
6 mart kuni soat 14:00da Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan «SEN BARIBIR MUQADDASSAN, MUQADDAS AYOL!» bayram konsert tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda QarDUning olima ayollari, talaba yoshlari karnay-surnay va skripka sadolari ostida hamda hamkasblari tomonidan guldastalar bilan tantanali ravishda kutib olindi.
Bayram tadbirida go‘zal kuy-qo‘shiqlar, she’riy tabriklar, so‘z ustalarining chiqishi kechaga alohida fayz bag‘ishladi. Ayollar teatr ijodkorlarining konsert dasturini go‘zal qo‘shiqlarga raqsga tushib, bayramona tarzda yuqori kayfiyat va davomli qarsaklar bilan olqishlab turishdi. Ayniqsa, qiziqchi va so‘z ustalari O.Mamatov hamda A.Xudoyorovlarning askiyalari o‘zgacha zavq ulashdi. Bayram konserti ayollar uchun o‘ziga hos bayram tuhfasi bo‘ldi. Tadbirda jami 520 nafar xotin-qizlar qamrab olindi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri Matbuot xizmati