Qashqadaryo teatri jamoasi Xorazm va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi xizmat safariga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Qashqadaryo teatri jamoasi Xorazm va Qoraqalpog‘iston  Respublikasidagi xizmat safariga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Hurmatli Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda  Xorazm viloyati aholisi va mehmonlari! Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi 1-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi  Nukus shahridagi Berdaq nomidagi akademik drama teatrida soat 11:00da hamda  2 noyabr kuni Xorazm musiqali drama tetri sahnasida ham soat 11:00da rejissyor Farxod Jumaev tomonidan sahnalashtirgan Erkin A’zamning “Orol bobo” spektaklini namoyish etadi.

IMG_8901

“Orol bobo” spektaklida  Orol oddiygina ekologik  muammo emas, balki  ulkan  ma’naviyat  parokandaligi, qalblar  yemrilishi sifatida aks ettiriladi. Undagi Orolbobo siymosida vatanga  cheksiz muxabbat, qurigan  orolni esa ko‘ngillar  yuksalishi, ertangi kunga umid tuyg‘ulari  bilan  to‘ldirishga  intiladi.

Marhamat, ushbu spektaklda barcha teatr ixlosmandalrini kutib qolamiz.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati