Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri Navoiy viloyatida ijodiy gastrol safarida

 

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri Navoiy viloyatida ijodiy gastrol safarida

O‘zbekiston Respubdlikasi Prezidentining  2023 yil 25 dekabrdagi “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-406-sonli Qarorining 1,6 ilovasiga muvofiq Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi noyabr oyida  Navoiy  viloyatiga ijodiy gastrol safari bilan borishi belgilab berilgan.

Ushbu Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 8-9 noyabr kunlari teatr jamoasi Navoiy viloyati qo‘g‘irchoq  teatri sahnasida F.Jumaev  tomonidan sahnalashtirilgan R.Muxammadjonovning «Davlat bolalari» spektaklini Navoiyliklik tomoshabinlar uchun namoyish etmoqda. 8 noyabr kuni spektakl namoyishida Navoiy davlat pedagogika universiteti talabalari ishtirok etib,  jami 120 nafar tomoshabin qamrab olindi.  Ijodiy safar davom etmoqda.

 

 Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri  matbuot xizmati