Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlarining MAXSUS BAYRAM TABRIGI!
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlarining MAXSUS BAYRAM TABRIGI!
8 mart Xalqaro Xotin-qizlar kuni! Ayolni bahorga, bahorni esa ayolga qiyoslashadi. Zotan o‘lkamiz uzra muattar sepini yoya boshlagan bahorning ilk kunlari aynan xotin-qizlar bayrami bilan boshlanishi ham bejizga emas.
Aziz va munis onaxonlar va dilbar opa-singillar sohamizning barcha muxtarama ayollari hamda go‘zal qizlari! Barchangizga nafis bahor, muhabbat, go‘zallik, latofat va mehr ramzi bo‘lgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!
8 mart Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari Siz aziz ayollarni bayram bilan muborakbod etadi.
Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz Ayollar!
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri Matbuot xizmati
