Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida ijodiy safarda
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari
Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida ijodiy safarda
23 may kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri huzurida 2025 yil 1 may kuni o‘tkazilgan “Aholini teatrlarga tashrifini tizimli yo‘lga qo‘yish hamda “Teatr ibratxonadir” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi majlisning 79-sonli bayoni ijrosi yuzasidan Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari Andijon viloyatining Buloqboshi tumani(21-sonli Sharq-yulduzi madaniyat markazi)da yashovchi aholi uchun A.Nesinning “Uch baxtsizlik” spektakli 3 seans namoyish etildi. Spektaklda Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida yashovchi mahalla aholisi hamda maktab o‘quvchilari ishtirok etdi. Spektakl Andijonning chekka hududida yashovchi aholi tomonidan katta qiziqish va bir olam taassurotlar bilan qarshi olindi. Spektakl namoyishlari ertaga ham davom etadi.
Spektakl namoyishida jami 960 nafar tomoshabin qamrab olindi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati