Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri Buxoro viloyatida ijodiy gastrol safarida

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri

Buxoro viloyatida ijodiy gastrol safarida

O‘zbekiston Respubdlikasi Prezidentining  2023 yil 25 dekabrdagi “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-406-sonli Qarorining 1.3-ilovasi 28-bandiga asosan Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi mart  oyida  Buxoro viloyatiga ijodiy gastrol safari bilan borishi belgilab berilgan.

3- mart kuni Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi Buxoro viloyatiga yetib bordi hamda mezbon teatr tomonidan karnay surnay navolari  va “Buxorocha” milliy raqslari bilan kutib olindi.

So‘ngra Buxorolik tomoshabinlar uchun Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan Ruminiyalik rejissyor Radu Ghilas  tomonidan sahnalashtirilgan V.Savinning “Keksa xonim va o‘g‘ri” spektaklini namoyish etildi. Spektaklda bosh qahramon Keksa xonim rolini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Xurriyat Isroilova ijro etdi. Spektakl  Buxorolik tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olindi. Spektakl namoyishida jami 630 nafar tomoshabin qamrab olindi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri  matbuot xizmati