Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri sahnalashtiruvchi   rejissori Jumaev Farhod Suyunovich

Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri sahnalashtiruvchi   rejissori Jumaev Farhod Suyunovich

   

Ushbu vazifada 1996 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

U iste’dodli aktyor sifatida  “Muloqot” teatr-studiyasida “Qizil tanlilar sardori”da Bill, “Jo‘jaxo‘roz”da Yo‘lli, “Yorim ketaman deydi”da O‘rozboy, “Chol bilan Bo‘ri”da Bo‘ri, “Baxtiyorni uylantiramiz”da Bahrom kal, “Meni saylang”da Xolmat, M.Toshmuhammedov nomidagi musiqali drama teatrida aktyor sifatida “Sohibqiron”da Vazir, Klavixo, Sarkarda, “Jahannamga bir qadam”da Kalamush kabi katta va kichik rollarni ijro etib mutaxassislar e’tiboriga va tomoshabinlar olqishlariga sazovor bo‘ldi.

F.Jumaev O‘zbekiston teleradiokompaniyasi tomonidan suratga olingan “Farzandim-jigarbandim” videofilmida Asqar,  “Marjona”badiy filmida Bukri, “Uyin”da Taqa muylov rollarini maromiga yetkazib ijro etgan.

U bundan tashqari rijessyor sifatida M.Toshmuhammedov nomidagi musiqali drama teatrida “Chiranma xo‘roz-hunaring oz”, “Ko‘rgulik”, “Nuh kemasi”, “Maymun Ukunning sarguzashtlari”, “Pik va Vik”, A.Nesinning “Uch baxtsizlik”,  E.A’zamning “Orol bobo”spektakllarini sahnalashtirgan.

                                                                                    

F.Jumaev 1998 yil Germaniyaning Myulxaym shahrida  “Teatr lanshafti” festevalida “Meni saylang” spektaklida Xolmat roli bilan qatnashgan. 2000 yil Rossiyaning Kuznesk shahrida “Bumbarambiya” ko‘cha teatrlari xalqaro festevalida “Baxtiyorni uylantiramiz”da Bahrom kal roli bilan ishtirok etgan. 2008 yil yosh rijjisyorlarning “Debyut-2008” 2-ko‘rik festevalida “Ko‘rgulik” spektakli bilan qatnashib “Sharq dramaturgiyasini yaxshi o‘zlashtirganligi uchun” nominatsiyasi sohibi bulgan. 2013 yil Toshkentda bo‘lib o‘tgan “TEATR. UZ” 4- xalqaro teatr festevalida teatr jamoasi F.Jumaev sahnalashtirgan “Nuh kemasi” spektakli bilan ishtirok etdi.

Jumladan, u sahnalashtirgan A.Nesinning “Uch baxtsizlik” spektakli Turkiyada xalqaro festivalda ishtirok etib, yuqori o‘rinlarni zabt etib kelgan. Shuningdek, E.A’zamning “Orol bobo” spektakli “Seni kuylaymiz zamondosh” respublika teatrlar festivalida oliy o‘rinni qo‘lga kiritgan.

U o‘zining ijro etgan rollari va sahnalashtirgan spektakllari  orqali kelajak avlod ongida vatanga muhabbat, ota-onaga hurmat, katta va kichiklarga hurmat, izzat kabi tarbiyaviy g‘oyalarni singdirish orqali mamlakatimiz yoshlarini ma’naviy muhitini shakllantirishda o‘zining salmoqli hissasini qo‘shib kelmoqda.

F.Jumaev respublika va viloyat miqyosida o‘tkazilgan “Mustaqillik”, “Navro‘z” umumxalq bayramlari va boshqa ommaviy-madaniy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.