Qashqadaryo teatri sizni kutmoqda.
Qashqadaryo teatri sizni kutmoqda.
Hurmatli teatr muxlislari! Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi siz aziz muxlislar uchun rang-barang spektakllarni namoyish etishda davom etadi.
Mart oyi fasllar kelinchagi bo‘lmish Bahor ayomini boshlab beradi. Shu bilan birga eng go‘zal bayramlar oyi hamdir. Shu bois, siz azizlarga teatr repertuaridagi eng sara o‘zbek va jahon klassik asarlari, musiqali komediya va folklor tomoshalari, shuningdek, yoshlar ijodidan tuzilgan gala konsert dasturlarini namoyish etadi.
Ushbu video rolikda teatrda mart oiyda namoyish etiladigan spektakllar anonsi o‘rin olgan. Shuningdek, 27-mart Xalqaro teatr kuni munosabati bilan 21-27 mart kunlari soat 11:00da mutlaqo bepul spektakl namoyishi ham tashkil etilgan.
Marhamat, Siz aziz teatr ixlosmandlarini ushbu oyda teatr tomoshalarida kutib qolamiz.
Ha-ya aytgancha, shoshiling, o‘rindiqlar soni cheklangan.
Murojaat uchun raqamlar: 91-642-02-03, 99-132-32-19
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri Matbuot xizmati
