Qarshi Davlat Texnika universiteti xotin-qizlari uchun “Ayol-muhabbat va hayot timsoli” konsert dasturi namoyish etildi.

Qarshi Davlat Texnika universiteti xotin-qizlari uchun

“Ayol-muhabbat va hayot timsoli” konsert dasturi namoyish etildi.

 

8 mart Xalqaro Xotin-qizlar kuni  munosabati Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida  Texnika universiteti o‘qituvchi va talaba xotin-qizlari uchun “Ayol-muhabbat va hayot timsoli” deb nomlangan konsert dasturi namoyish etildi.

Universtitet rahbariyati va yigitlari tomonidan  bayram ishtirokchilariga quvonch ulashish maqsadida, barcha xotin-qizlar gullar bilan qarshi olindi.

Konsert dasturi oldidan Qarshi davlat texnika universiteti rektori Sherzod Ne’matov tomonidan o‘quv muassasasining barcha erkaklari  va rahbariyati nomidan go‘zal va samimiy bayram tabrigi yo‘llandi.

So‘ngra, barcha bayram ishtirokchilariga  teatrning taniqli san’atkorlari, estrada xonandalari ayol va bahorni madh etuvchi dilbar kuy-qo‘shiqlar taqdim etildi. Ayniqsa, teatrning so‘z ustasi O.Mamatov tomonidan xotin-qizlar haqidagi hajviyalari kechaga o‘zgacha ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

“Ayol-muhabbat va hayot timsoli” deb nomlangan konsert dasturi Texnika universiteti o‘qituvchi va talaba xotin-qizlari uchun haqiqiy bayram kayfiyatini ulashgan holda, ular kuy-qo‘shiqlarga raqslarga tushishdi. Eng muhimi, bayram ishtirokchilari qalbida bu yilga bayram alohida ahamiyat kasb etgan holda, haqiqqiy bayram tuhfasi bo‘ldi.

Bayram muborak  bo‘lsin Qarshi Davlat Texnika universitetining dilbar ayollari!

 

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri Matbuot xizmati