Premyera!.Premyera!Premyera!
Premyera!.Premyera!Premyera!
28 iyun kuni Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida O‘zbekiston san’at arbobi Olimjon Salimov tomonidan sahnalashtirilgan Xayriddin Sultonning “Uyg‘on bolam!” (Faqat kulmang komediya emas) spektakli permerasi bo‘lib o‘tdi.
Spektakl permerasi teatr ijamoasi tomonidan katta bayram tantanasi tarzida yuqori saviyada tashkil etildi. Spektakl mexmonlari karnay-surnay navolari, tarixiy siymolar va maqom qo‘shiqlari bilan tantanali ravishda kutib olindi. Premerada asari muallifi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Xayriddin Sulton, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari A.Tadjixonov, spektakl rejissyori, Olimjon Salimov, “Tafakkur” jurnali bosh muharriri, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam, Kinematografiya agentligi direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, san’atshunos Shuhrat Rizaev, O‘zbekiston san’at arbobi Tursunali Qo‘ziev, adabiyotshunos Olimjon Davlatov, taniqli shoir G‘ayrat Majid, yosh teatrshunos Shohrux Abdurasulov va va viloyatdagi ziyoli xalq vakillari, olimlar, adiblar, yozuvchi va shoirlar tashrif buyurishdi. Spektakl keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olindi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati