Premyera!.Premyera!Premyera!
Premyera!.Premyera!Premyera!
“Uyg‘on bolam!”
(Faqat kulmang komediya emas)
spektakli premyerasiga taklif etamiz
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida Xayriddin Sultonning “Uyg‘on bolam!” (Faqat kulmang komediya emas) asari taniqli va tajribali ustoz rejissor, O‘zbekiston san’at arbobi Olimjon Salimov tomonidan sahnalashtirildi.
28 iyun soat 11:00da “Uyg‘on bolam!” (Faqat kulmang komediya emas) spektakli premyerasiga barcha teatr muxlislarini taklif etamiz.
Spektaklda millatning taraqqiyotiga bolta urayotgan boqimanda kimsalarning hayotini o‘zgartirishga qaratilgan katta islohotlarning badiiy ifodasi aks ettiriladi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri Matbuot xizmati