Premyera davom etmoqda!

Premeyra davom etmoqda!

Buyuk shoir va davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida I.Qurbonov loyihasi asosida sahnalashtirilgan “O‘zbekman” musiqali kompozitsiyasi premerasi davom etmoqda. Ushbu musiqiy tomoshada o‘zbek xalqining qadim o‘tmishidan to  bugungi dorulomon kunlarigacha bo‘lgan tarixiy voqeliklar teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari orqali aks etadi.

Jumladan, A.Navoiy ijodiga ham bir naxzar tashlanib, uning boy merosini asrlar osha yashab kelishi ramziy ma’noda aks ettirildai. Ushbu musiqali tomoshada Qarshi Texnika  uneversiteti talablari hamda Qarshi shahridagi 7533-sonli harbiy qism xodimlari ishtirok etdi. Musiqiy tomosha tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olindi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati