# Premera

# Premera

“Fidoiy”

11 aprel kuni  Farxod Boynazarov tomonidan repertuardan tashqari sahnalashtirilgan Farmon Toshevning “Fidoiy” spektakli Qarshi Davlat Universiteti talabalri uchun namoyish etildi.

Spektakl premerasini Viloyat Madlaniyat boshqarmasi boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi I.To‘raev kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda teatr jamoasini ushbu premera bilan muborakbod etdi.

Spektaklda mustabid tuzum tomonidan 100 mingdan ziyod qatag‘on siyosatining qurbonlari orasidagi prokuratura xodimlaridan biri Badriddin Sharipov hayotining sinovli va og‘ir kunlari haqida hikoya qiladi. Spektakl o‘ziga xos uslubda sahnaning o‘zida tomoshabin bilan bir sahnada ijro etiladi. Bu kabi millat fidoiylari bugungi yorug‘ kunlar uchun o‘z jonini fido etgan ekan, bugungi avlod u kunlar haqida unutmasligini uqdiradi.

 

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati