“O‘zbekman”

“O‘zbekman”

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida I.Qurbonov loyihasi asosida sahnalashtirilgan “O‘zbekman” musiqali kompozitsiyasi namoyish etildi.  Ushbu musiqiy tomoshada o‘zbek xalqining qadim o‘tmishidan to  bugungi dorulomon kunlarigacha bo‘lgan tarixiy voqeliklar teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari orqali aks etadi.

Unda ibtidodan boshlab, turkiylar manglayida quyosh kabi balqigan,  dunyoni ilm-fan bilan zabt etgan allomalari, olimlaru, sarkardalari va ma’rifat ahlining peshvolari siymolari gavdalanadi. Binobarin so‘z va ohang qudratidan tug‘ilgan olamshumul san’at bog‘ining bog‘boni ham shu o‘zbek xalqi ekanligini sahnada namoyon bo‘ladi. Ushbu musiqali tomoshada Qarshi shahridagi Turon hamda Qarshi axborot va menejment uneversiteti talablari ishtirok etdi. Bu kabi musiqiy tomoshalar yoshlar ongida ajdodlar merosini anglash va ularga munosib voris bo‘lish tuyg‘uslarini shakllantirishi shubhasizdir.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati