“Nazm gulshanining ikki buyuk bog‘boni”
“Nazm gulshanining ikki buyuk bog‘boni”
Joriy yilning 12 fevral kunida “Muborak GQIZ”ga qarashli “UNG intellektual yoshlar markazi”da davlat arboblari Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan “Nazm gulshanining ikki buyuk bog‘boni” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri tomonidan tayyorlangan konsert dasturi hamda g‘azallar ijro etildi. Qashqadaryo viloyat drama teatri aktyorlari tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur obrazlari mahorati bilan gavdalantirilib, sahnalashtirilgan ijodiy chiqishlar namoyish etildi. Mazkur chiqishlar korxona ishchi-xodimlarida katta qiziqish va mamnuniyat uyg‘otdi. Shuningdek, teatr jamoasi san’atkorlari ijrosida yangragan kuy-qo‘shiqlar tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, ishtirokchilarda yorqin taassurotlar qoldirdi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
