“Nazm gulshanining buyuk bog‘boni”
“Nazm gulshanining buyuk bog‘boni”
8 fevral kuni soat 10:00da Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri hamda viloyat maqom ansambli bilan hamkorlikda Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabat bilan viloyatdagi mavjud o‘quv muassasalari o‘quvchilari uchun ma’naviy va ma’rifiy konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi tomonidan “Nazm gulshanining buyuk bog‘boni” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda Ichki ishlar xodimlari, Madaniyat muassasi xodimlari, QarMI talaba va o‘qituvchilari, harbiylar hamda “Nuroniylar” jamg‘armasi faollari ishtirok etishdi. Teatr ijodkorlari tomonidan A.Navoiy va Z.M.Bobur hayotiga oid teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari hamda A.Navoiy qalamiga mansub g‘azallardan ashula va maqomlar jonli ijroda kuylandi. Jonli ijrodagi kuy-qo‘shiqlar tomoshabinlar tomonidan olqish va qarsaklar bilan qarshi olindi.