“Muhabbat” spektakliga tashrif buyuring.
Hurmatli teatr muxlislari! Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi siz aziz muxlislar uchun rang-barang spektakllarni namoyish etishda davom etadi.
O‘zbekiston qahramoni Muhabbat Sharopovaning hayot yo‘liga bag‘ishlangan Sh.Xudoynazarovaning “Muhabbat” spektaklini tomosha qilishga taklif etadi. Rejissyor Farhod Boynazarov tomonidan sahnalashtirilgan spektakl o‘ziga xos yangicha uslubda sahnalashtirilgan bo‘lib, barchani o‘quvchilik va yoshlikka chorlaydi. Rassom Ilhom Rustamov tomonidan spektakl uchun maxsus qumlar yordamida chizilgan sahna dekoratsiyalari hamda voqeliklar, ayniqsa, spektakl yakunida qumdan chizilgan M.Sharopovaning surati tomoshabinlarda ulkan hayrat tuyg‘usini uyg‘ota oladi.
Ushbu spektakl teatrning har oylik repertuaridan o‘rin olgan bo‘lib, tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olinmoqda.
Marhamat, Siz ham ushbu spektaklni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, teatr kassalaridan ma’lumot olishingiz mumkin.
Murojaat uchun raqamlar: 91-642-02-03, 99-132-32-19
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri Matbuot xizmati
