Mahallalarda “Teatr kuni”

Mahallalarda “Teatr kuni”

“Mahalla yettiligi” a’zolari bilan birgalikda har oyda mahallalarda “Teatr kuni” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha reja-jadval ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu rejaga muvofiq 11 dekabr kuni Qarshi shahridagi “Shayxali” qo‘rg‘onchasi hamda “Shayxali” MFYsi aholisi uchun teatrlashtirilgan konsert dasturi hamda ustoz san’atkorlar bilan ijodiy uchrashuv tashkil  etildi. Jumladan, ustoz san’atkorlar “Shuxrat” medali sohiblari Qurbon Berdiev va G‘ayrat Husayinovlar   bilan ijodiy uchrashuvda monolog, she’rlar va sahna ko‘rinishlari ijro etildi.  S.Ashirova, G.Aliqulova, F.Hayitov, B.Toshpo‘latov, Z.Mengeshev, L.Turdiev, S.Suyunov, B.Omonov, A.Tursunov, Otabek Nabievlar tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar mahalla aholisi uchun tadbirga o‘zgacha fayz qo‘shdi va raqsga tushishdi. Tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.

 

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati