Jahon tamaddunida sohibqiron renasansi

Jahon tamaddunida sohibqiron renasansi

8 aprel kuni Qarshi ixtisoslashgan san’at maktabi sahnasida viloyat Madavniyat boshqarmasi va tizim tashkilootlari hamkorligida 9 aprel sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan “Jahon tamaddunida sohibqiron renasansi” deb nomlangan ma’daniy-ma’rifiy teatrlashtirilgan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni filologiya fanlari doktori Nafas Shodmonov hamda viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i, O‘zbekiston san’at arbobi Isoq To‘raevlar A.Temur faoliyati, jahon tamadduniga qo‘shgan ulkan hissasi haqidagi ma’ruzalari bilan ochib berishdi. Ushbu tadbirda Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi ham faol ishtirok etib, tadbirda sohibqiron Amir Temur obrazi, shuningdek, Temuriy malikalar, jadid va o‘zbek adabiyoti namoyondalarining siymolarini sahnada gavdalantirishdi. Tadbir yuqori saviyada tashkil qilindi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati