DOLZARB 90 KUN
DOLZARB 90 KUN
“Dolzarb 90 kun” loyihasi asosidagi O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari A.Tadjixonov tomonidan tasdiqlangan “Yozgi ta’til vaqtida umumta’lim maktablari o‘quvchilari, talabalar, mahalladagi yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan davlat teatrlari tomonidan namoyish etiladigan spektakllar va teatrlashtirilgan tomoshalar REJA-JADVALI”ga muvofiq Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida quyidagi ishlar amalga oshirildi.
13 iyun kuni Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari Muxammadjon Jamlilov hamda Begzod Toshpo‘latovlar harbiylar bilan hamkorlikda Yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazayotgan Kitob tumanidagi Qaynar qishlog‘idagi “Yosh alangachi” lageridagi o‘quvchilar uchun konsert dasturini namoyish etishdi. Shuningdek, ushbu tadbirda bolajonlarni harbiy salohiyatini oshirish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida turli ko‘rgazmali mashg‘ulotlar tashkil etildi. Ular orasida eng qiziqarlisi, bolajonlarni parashyutda uchish mashg‘uloti bo‘ldi. Bu kabi tadbirlar bolajonlar qalbida vatanni himoya qilish hamda vatanparvarlik ruhida tarbilashda muhim ahamiiyat kasb etadi.
Ushbu tadbirda jami 500 nafar bolajonlar qamrab olindi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati