“Davlat bolalari” spektakli namoyish etildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023 yil 22 dekabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida korxona va muassasalarda oyning bir kuni “Teatr kuni” deb belgilanib, xodimlarning teatrlarga borishi belgilab berilgan.
10 dekabr kuni Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi R.Muxammadjonovning “Davlat bolalari” spektaklini tibbiyot yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan “Avitsenna school” nodavlat ta’lim muassasasi o‘quvchilari uchun namoyish etdi. Rejissyor – Farhod Jumaev tomonidan sahnalashtirilgan insoniy kechinmalarni ulug‘lashga e’tibor qaratgan ushbu spektakl yosh tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olindi. Spektakl namoyishida jami 380 nafar tomoshabin qamrab olindi.