Bosh rassomi Xamidov Nurbek Nurmaxmatovich
Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri Bosh rassomi
Xamidov Nurbek Nurmaxmatovich
Umumiy mehnat staji 7 yil. Ushbu vazifada 2022 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
N.Xamidov 2007-2012 yillarda K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Dastgoh va kitob grafikasi” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qigan.
U talabalik yillaridayoq teatr sahna dekoratsiya olami bilan keng va atroflicha qiziqqan va o‘rganib borgan.
N.Xamidov Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida 2018 yil modelyer rassom vazifasida ish faoliyatini boshladi.




U sahnalashtiruvchi rassom sifatida “Jamila”, “Xushvaqt”, “Brut yohud Sezarning o‘limi”, “Toshboltani chinori”, “Nodirabegim”, “Arshin mol olon”, “Davlat bolalari” “Yonimizdagi farishtalar”, “Telbaning nomalari”, “Baxtiz kuyov”, “Tohir va Zuxra” Qirol Lir, “To‘y”, Oq saroy” “Hasis” “To‘ydan oldin tomosha”,“Xush vaqt” “Shiroq” “Abu Muin Nasafiy” “Muhabbatga yo‘g‘irilgan umr”, Afandining besh xotini”, “Xellados”, “Uch baxtsizlk”, “Davlat bolalari”, “Keksaxonim va o‘g‘ri”, kabi dekoratsiyalari hamda san’at asarlari tomoshabinlar e’tirofiga sazavor bo‘lgan.
2022- yil Turkiya Respublikasining Maltepa shahrida o‘tkaziladigan IV-Xalqaro teatrlar festivalda teatrida sahnalashtirilgan J.Molerning “Hasis” spektakli bilan qatnashib “Eng chiroyli liboslar bo‘yicha rassom ”nominatsiyasi, 2023-yil Gruziya davlatining Ozirgetti shahrida bo‘lib o‘tgan N.Dumbadzening IV-Xalqaro teatrlar festvalida N.Dumbadzening “Hellados” spektakli bilan ishtrok etib, “Eng yaxshi rassom” nominatsiyasini qulga kiritgan.
Н.Xamidov respublika va viloyat miqyosida o‘tkazilgan “Mustaqillik”, “Navro‘z” kabi umumxalq bayramlari va boshqa ommaviy-madaniy tadbirlarda faol ishtirok etib, o‘z sahnaviy talqinlari bilan faol ishtirok etib kelmoqda.
N.Xamidov teatr san’atiga bo‘lgan fidoiyligi va o‘tkir zehni bilan jamoa o‘rtasida katta hurmatga ega. U o‘ziga berilgan har qanday vazifani vijdonan va ma’suliyat bilan bajaradigan yosh va iste’dodli xodim.
