Bayram muborak aziz talabalar!
Bayram muborak aziz talabalar!
Yangi yil kirib kelishi munosabati bilan Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida Qarshi davlat universtitutining tibbiyot yo‘nalishidagi talabalari uchun teatrlashtirilgan gala konsert dasturi namoyish etildi. Bayram tadbirida universitet rahbariyati tomonidan iqtidorli talabalarga faxriy yorliqlar, esdalik sovg‘alari topshirildi.
Talabalar uchun tayyorlangan konsert dasturida teatr ijodkorlari tomonidan eng so‘ngi xit taronalar shuningdek, kino filmlardan sountreklar hamda teatr ijodkorlarining mualliflik qo‘shiqlari ijro etildi. Talabalar bayram kayfiyatiga munosib tarzda qo‘shiqlarga raqsga tushishdi. Bu esa talabalarga yangi yilni yuqori kayfiyatda boshlashi uchun munosiyub asos bo‘ldi. Tadbir so‘ngida universitet rahbariyati tomonidan teatr ijodkorlariga minnatdorchilik izhor etildi. Bayram Muborak aziz talabalar!
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
