Amir Temur va tarixiy buyuk siymolar – millat va yurt iftixori
Amir Temur va tarixiy buyuk siymolar – millat va yurt iftixori
9 aprel sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan “Amir Temur va tarixiy buyuk siymolar – millat va yurt iftixori ” deb nomlangan ma’daniy-ma’rifiy teatrlashtirilgan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida tashkil qilindi. Tadbirda sohibqiron Amir Temur obrazi, shuningdek, tarixiy buyuk siymolar, jadid va o‘zbek adabiyoti namoyondalarining siymolarini sahnada gavdalantirishdi. Shuningdek, tarix zarvaraqlari, tarixiy siymolar madhi hamda vatan himoyasi haqidagi go‘zal kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Darhaqiqat, buyuk siymolar va tarixiy shaxslar millatimiz iftixoridir. Tadbir yuqori saviyada tashkil qilindi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati