“Alisher Navoiy – so‘z mulkining sultoni”

“Alisher Navoiy so‘z mulkining sultoni”

Buyuk ajdodlarimiz ma’naviy merosini asrab avaylash barchamizning muqaddas burchimizdir. Shu bois, buyuk shoir va davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan 6-fevral kuni Qarshi shahridagi 10329, 15473 va 63226  harbiy qismlarida “Alisher Navoiy – so‘z mulkining sultoni” mavzusida katta ma’naviy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Qarshi davlat universitetining “O‘zbek mumtoz adabiyoti” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori Akramov Sherzod Xolmirzaevichning Navoiy ijodiy haqida ma’ruzasi tinglandi.  Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri san’atkorlari va tashkilotchilar tomonidan A. Navoiy g‘azal va ruboiylaridan namunalar o‘qildi. Viloyat musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan yaratilgan hazrat Alisher Navoiy siymosi tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati