Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishda faol bo‘ling.

Kelajakni birga quramiz.

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishda faol bo‘ling.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi  PF–173-son Farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar mamlakatimiz bo‘ylab “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbirlari respublika miqyosida  o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan, Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri tomonidan spektakllar namoyishidan avval tomoshabinlar oldida aholini ro‘yxatdan o‘tish targ‘iboti amalga oshirib kelinmoqda.   29 yanvar kuni “Fidoyi” spektakli namoyishi oldidan teatr trupppa rahbari “Shuxrat” medali sohibi Qurbon Berdiev tomonidan Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish borasidagi targ‘iboti e’lon qilindi.

Vidio rolik Q.Muzrapov tomonidan tayyorlandi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati