A.Qahhornning “Nusxalar”  spektakli taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

A.Qahhornning “Nusxalar”  spektakli taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida II chorak uchun mo‘ljallangan A.Qahhornning “Tobutdan tovush” komediyasi “Nusxalar” nomi bilan musiqali komediya janrida    Xoja Ahmad Yassaviy va Z.M.Bobur nomidagi xalqaro mukofotlar luareati, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti, professor Baxodir Nazarov tomonidan muvaffaqiyatli sahnalashtirildi. Spektaklning musiqa rahbari Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali drama teatri direjyori Olimjon Komiljonov, sahnalashtiruvchi rassom sifatida Baxodir Hamroevlar ijodik hamkorlikda ish olib borishdi.

“Nusxalar” spektaklining mutaxassis ko‘rigida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoshida tuzilgan badiiy kengash a’zolari, O‘zbekiston davlat madjaniyat va san’at institutining “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedra mudiri, dotsent Faxridddin Abduvoxidov hamda shu kafedra o‘qitukvchisi San’atshunoslik fanlari doktori,  prfessor Omonulla Rizaevlar ishtirok etishdi. Taqdimot teatr ijodkorlari kutganidek, turli bahs-munozara va muhokamalarga boy trazda o‘tdi. Spekataklning g‘oyaviy jihatlari, rejissyorlik uslublari va yondoshuvi, aktyorlar ijrosi, musiqaviylik jihatlari har biri mutaxassislar tomonidan ilmiy asoslangan holda tahlil etib berildi.

 

Taqdimotda mutaxasislar tomonidan spektakl haqida quyidagicha fikrlar bildirib o‘tildi. Jumladan, spektakl musiqali janrda sayqal berilib,  o‘ziga xos zamonaviylik kasb etgani, rejissyor tomonidan berilgan vazifalar bajarilgani, eng muhimi  korrupsiyaga qarshi kurash mavzusi dolzarb ekanligi aytib o‘tildi. A.Qahhorning asarlarida har bir obraz va har bir so‘z yuki mavjudligi va uni aktyor keng jamoatchilikka yetkazilishida alohida e’tibor va mas’uliyat bilan yondoshish kerakligi ta’kidlandi.

Muhokamada sahnalashtiruvchi rejissyor B.Nazarov tomonidan spektaklga bo‘lgan yondoshuv va uning e’tibori qaratilgan jihatlar haqida to‘xtalindi.  “Nusxalar” spektakli bugungi kun Netayxonlari va Suqsurovlari asarda aytilgandek, jamiyatdagi taraqqiyot kushandalarining tipik timsoli emas, aksincha ularning nusxalari ekanligiga ishora qilinganligi ramziy yechimlar orqali aks ettirilganligini so‘zladi.

Spektakl mutaxassislar tomonidan kerakli tavsiyalar berilgan holda   repertuar uchun qabul qilindi.

 

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati