9 may Xotira va Qadrlash kuni
Xotira muqaddas-qadr abadiy
9 may Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida “Xotira muqaddas-qadr abadiy” deb nomlangan teatrlashtirilgan madaniy tadbir tashkil etildi. Tadbirni teatr direktori O‘.Maxmatqulov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Teatrda faoliyat olib borgan marhum ustoz san’atkorlar va teatr tarixi haqida truppa rahbari Q.Berdiev tomonidan aytib o‘tildi.
Shuningdek, teatrda joriy yilda vafot etgan teatrda samarali rahbarlik qilgan Zokir Axmedov Anvarovich, O‘zbekistonda xizmat kursatgan artist Oygul Xalilova hamda serqirra ijodkor Farxod Murodov, iste’dodli rassom Salim To‘xtaevlarning yorqin xotirasi hamkasblari tomonidan xotirlandi.
Tadbirda jonli ijrodagi mumtoz kuy-qo‘shiqlar, jozibali raqslar va retro qo‘shiqlar jonli tarzda ijro etildi. Eng, quvonarlisi, bugun teatrda faoliyat olib borayotgan bir guruh faxriy ustozlar qadrlanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. Ustozlar bugungi dorilomon kunlar uchun shukronalar aytishdi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati