“Teatr tomoshalari haftaligi” yakunlandi 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-399-sonli Qarorida respublika teatrlarda 21–27-mart kunlari “Teatr tomoshalar haftaligi”ni yuqori saviyada o‘tkazish choralarini ko‘rish hamda targ‘ib etish vazifasi belgilangan. Ushbu Qaror ijrosi  yuzasidan 27-mart kuni soat 11:00da  “Teatr  haftaligi”ning yetinchi kunida  Oybek Veysal o‘g‘li tomonidan sahnalashtirilgan A.Chexovning “Oqqush qo‘shig‘i” spektakli  namoyish  etildi. Speketakl haqidagi ma’lumotlar hamda teatr haftaligi doirasida faol bo‘lgan tomoshabinlar uchun teatr rahbariyati tomonidan maxsus bir oylik bepul faxriy mehmon chiptasi Qarshi axborot va menejment universitetining 2 nafar talabasiga topshirildi.

“Oqqush qo‘shig‘i” spektakli ramziy ma’noda bir aktyorning so‘nggi lahzalarini aks ettirib, fidoiy san’at vakillarining og‘ir ijod yo‘li mashaqqatlari hamda qalb iztiroblarini ifoda  etadi.  Zero, oqqushlar boshqa qushlardan farqli ravishda hech qachon sayrashmaydi, faqatgina o‘limidan oldin eng go‘zal qo‘shig‘ini aytisharkan.

 

Ushbu tadbirda jami 430 nafar tomoshabin qamrab olindi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati