21 oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.
21 oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.

1989 yil 21 oktyabrda o‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi xalqimiz hayotida shubhasiz buyuk tarixiy voqea va O‘zbekistonning mustaqillik sari qo‘ygan ilk tamal toshi bo‘ldi.
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning tarixiy o‘rni va ahamiyatini inobatga olgan holda, davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan ishlarning uzviy davomi sifatida 2020 yil 10 aprel kuni Prezidentimiz tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuni imzolandi. Unga muvofiq 21 oktyabr sanasi yurtimizda “O‘zbek tili bayrami kuni” deb belgilandi. Bu bilan davlat ramzlaridan biri sanalgan ma’naviy qadriyatimiz – ona tilimiz yuksak e’tiborda ekanligi yana bir bor o‘z isbotini topdi.
Ushbu bayram munosabati bilan Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi barcha yuotdoshlarimizni muborakbod etadi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
