“Teatr kuni” da
maktab direktor o‘rinbosarlari tashrifi
Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i U.Oripov tasdiqlagan reja grafikka asosan 6 yanvar kuni viloyatdagi mavjud maktab direktorlari o‘rinbosarlari O‘zbekiston respublikasi O.Salimov tomonidan sahnalashtirilgan “Inson qadri” g‘oyasi asosidagi X.Sultonning “Uyg‘on bolam” spektakliga tashrif buyurdi. Spektaklni teatr truppa rahbari “Shuxrat” mejali sohibi Q.Berdiev kirish so‘zi bilan ochib berdi.

“Uyg‘on bolam” spektaklida bugungi kunning global mavzularidan biri bo‘lgan kambag‘allikka qarsha kurash mavzusi spektaklning bosh mezoni qilib olingan. Qiziqaprlisi, unda davlatimiz yaratib berayotgan ulkan imkoniyatlardan foydalana olmagan ilmsiz va bilim olishga befarq yoshlar hayoti ham yumor ostiga olingan holda aks ettirilgan. Spektakl tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olindi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
