Қашқадарё вилояти мусиқали драма театри директори Ўткир Каримович Махматқулов ҳақида
Qashkadaryo viloyati musiqali drama teatri direktori
Maxmatqulov O‘tkir Karimovich
Mukofotlanmagan. Umumiy mehnat staji 18 yil.
2007-2013 yil Qashkadaryo viloyat M.Toshmuxammedov nomidagi musiqali drama teatrida direktor o‘rinbosari, 2013 yildan buyon Qashkadaryo viloyat Qo‘g‘irchoq teatrida direktor o‘rinbosari va direktor lavozimlarida faoliyat yuritgan
2017 yildan buyon Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida direktor lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Maxmatqulov O‘tkir mexnat faoliyati davomida o‘zining mehnatsevarligi, ishbilarmonligi va tashkilotchiligi bilan jamoa e’tiborini kozongan. Teatr ijodiy xodimlarini jamoaviy ishlarida yetakchilik va boshqaruv saloxiyatini ko‘rsatib,
konsert-gastrol faoliyatini namunali ravishda tashkil kilib, teatrning yillik ijodiy va moliyaviy rejalarini oshirib bajarishida munosib xissa kushib kelmokda.
U.Mahmatqulov teatga direktorlik faoliyati davomida ko‘plab ishlarni amalga joriy etganligi bois, teatr ijodiy jihatdan hamda moddiy-texnik jihatdan yuqori natijalarni qo‘lga kiritishni boshladi. Teatr jamoasi turli festivallarda faol ishtirok etib, yuqori ko‘rsatgichlarga erishdi. Jumladan, Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri “Debyut-2018” teatrlar festivalida Ch.Aytmatovning “Oq kema” spektakli bilan va Qoraqalpog‘iston respublikasida Mo‘ynoq tumanida bo‘lib o‘tgan “Xalqaro orol muammaosi”ga bag‘ishlangan konferinsiyada ham E.A’zamning “Orol bobo” spektakllari bilan ishtirok etdi. Xorazm, Surxondaryo hamda Toshkent shaharlariga A.Oripovning “Jannatga yo‘l” va Sh.Mahkamovning “Xazina” spektakllari bilan ijodiy gastrol safarlarida bo‘lib, teatr mutaxassislari va keng jamoatchilik orasida yuksak e’tiroflarga sazovor bo‘ldi. 2019 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tgan “Seni kuylaymiz zamondosh!” V-Respublika teatrlar festivalida ham T.Murod asari asosidagi O.Salimovning “Xush vaqt” spektakli bilan munosib ishtirok etib, teatrshunoslar va mutaxassislar tomonidan yuksak e’tiroflarga sazovor bo‘ldi. Joriy yilning iyun oyida Rossiyaning Samara viloyatida bo‘lib o‘tgan an’anaviy xalqaro etnografik mavzudagi “Rus:Epoxi ob’edininiya” festivalida ham tarixchilar, muzeyshunoslar, etnograflar va teatrning bir guruh ijodkorlari bilan birgalikda munosib ishtirok etib keldi. Bundan tashqari X.Xursandovning “Bobomning orzusi” spektakli bilan joriy yilning 10-16 sentyabrida Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan 2-xalqaro teatr festivalida ishtirok etishida va dekabr oyida Turkiyaning Anqara shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro teatr festivallarida Ch.Aytmatovning
“Oq kema” spektakllari bilan ishtirok etishida ham O‘.Maxmatqulovning tashabbuskorligi va tashkiliy masalalrida jonbozliklarini ham alohida ta’kidlab o‘tish joiz.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri direktori O‘. Maxmatqulov hamda teatrning Adabiy maslahatchisi Oybek Kopadzelar 29 sentyabr 2 oktyabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan “Evroosiyo teatrlari” xalqaro assosatsiyasining 5 yillik hisobot yig‘ilishida ishtirok etdi. Ushbu yig‘ilishda Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrining xalqaro ijodiy hamkorlik borasidagi ishlari alohida e’tirof etildi. Jumladan, Turkiyalik rejissyorlar Kubilay Erdilikara tomonidan N.Gogolning “Tentakning yozmalari”, J.Molerning “Hasis”, Gruziyalik Kaxa Gogidze tomonidan N.Dumbadzening “Hellados”, Portugaliyalik Rui Madiero tomonidan A.Chexovning “To‘y va taklif” spektakllari muvaffaqiyatli sahnalashtirildi.
2024 yilda Nazif Uslu tomonidan Memet Baydurning “Yolg‘onchining rasmi”, Ruminiyalik Radu Ghilas tomonidan Vioril Savinning “Keksa xonim va O‘g‘ri” spektakllari muvaffaqiyatli sahnalashtirildi.
3-6 mart kuni Xalqaro Onado‘lu teatr mukofotini taqdim etish komissiyasi tomonidan O‘zbekiston teatrini xalqaro miqiyosda turli mamlakatlar bilan munosabatlarni rivojlantirishda qo‘shib kelayotgan ulkan hissasi uchun Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri direktori O‘TKIR MAXMATQULOVga “Xalqaro teatr mukofoti” taqdim etildi.
Teatrning ijodiy o‘sishida talabchanlik va mas’uliyat bilan yondoshganligi, teatrda musiqali spektakllarga keng o‘rin berayotganligi, qaytadan orkestr jamoasini tiklaganligi, respublikadagi taniqli va tajribali rejissyorlar bilan hamkorlikni keng yo‘lga qo‘ya olganligi teatr ijodiy muhitini o‘zgarishida ham o‘zining boshqaruv salohiyatining yuksakligi bilan yutuqlarga erishib kelmoqda. Teatrning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, rekonstruksiya ishlari, qayta ta’mirlash kabi masalalarda ham yuqori natijalarga erishgan holda teatrning ichki va tashqi fasadlari, ijodkorlar xonalari va grimxonalari zamonaviy ko‘rinish olayotganligi ham aynan O‘.Mahmatqulovning rahbarlik faoliyatini mukammal egallaganliginining isbotidir.
O‘.Maxmatqulov jamoa o‘rtasida ham obru e’tiborga ega. Uning rahbar sifatida mehnatkash, o‘z kasbini sevuvchi fidoiy inson sifatida ustozlari, jamoa hurmatini qozongan. U zimmasiga yuklatilgan har bir vazifani o‘z vaqtida bajaradigan ma’suliyatli rahbar.