QarDU universiteti talabalari “Teatr kuni”da
QarDU universiteti talabalari
“Teatr kuni”da
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023 yil 22 dekabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida korxona va muassasalarda oyning bir kuni “Teatr kuni” deb belgilanib, xodimlarning teatrlarga borishi belgilab berilgan.

13 noyabr kuni soat 11:00 Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida Aziz Nesinning “Uch baxtsizlik” spektakli Qarshi davlat universiteti talabalari uchun namoyish etildi. Spektaklda ko‘tarilgan mavzu Inson o‘z xohish-irodasidan chetlab o‘tib baxtli bo‘la olmaydi. Inson xohish-irodalaridan uzoqlashganda jamiyat oldidagi mas’uliyatini ham to‘g‘ri anglay olmaydi, hayotiy masalalarini to‘g‘ri yecha bilmaydi. Rejissyor Farhod Jumaev sahnalashtirilgan spektakl – insoniy kechinmalarni ulug‘lashga e’tibor qaratilishi mavzusida yaratilgan.
Spektakl talabalar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olindi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
