“Fidoyi” spektakliga marhamat.
“Fidoyi” spektakliga marhamat.
Teatrning bosh rejissyori “Do‘stlik” ordeni sohibi Farxod Boynazarov tomonidan sahnalashtirilgan F.Toshevning “Fidoyi” spektakli prokuratura organlari xodimlari orasida qatag‘on qurbonlaridan biri bo‘lgan millat fidoiysi Badriddin Sharipov hayotining sinovli va og‘ir kunlari haqida hikoya qiladi. Spektakl o‘ziga xos uslubda sahnaning o‘zida tomoshabin bilan bir sahnada ijro etiladi. Bu esa tomoshabinni bu sinovli kunlarni dildan his qilishi hamda voqelik tomoshabin ko‘z o‘ngida ro‘y bergandek hissiyot uyg‘otadi. Bu kabi millat fidoiylari bugungi yorug‘ kunlar uchun o‘z jonini fido etgan ekan, bugungi avlod u kunlar haqida unutmasligini uqdirpadi. Ushbu spektakl teatrning har oylik repertuaridan o‘rin olgan bo‘lib, tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olinmoqda.
Marhamat, Siz ham ushbu spektaklni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, teatr kassalaridan ma’lumot olishingiz mumkin.
Murojaat uchun raqamlar: 91-642-02-03, 99-132-32-19
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri Matbuot xizmati
