3 dekabr -Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni
3 dekabr -Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni
3 dekabr “Xalqaro nogironligi bo’lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish kuni” munosabati bilan Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida viloyat hokimligining “Saxovat va Muruvvat” tadbirlarini tashkil etdi. Tadbirda Qarshi shahridagi maxsus maktab internati o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan qo‘l mehnati mahsulotlarining yarmarkasi tashkil etildi. Shuningdek, nogironlar va imkoniyati cheklanganlar uchun viloyat hokimligining sovg‘alari va bayram konsert dasturi namoyish etildi. Tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.

Har qanday saxovat avvalo ko‘ngli o‘ksik qalblarni shod etishdan boshlanishi bu xalqimizga xos azaliy ulug‘vor qadriyatlardandir.
Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri matbuot xizmati
