Oshiq G‘arib va Shohsanam” monospektakli namoyish etildi

Oshiq G‘arib va Shohsanam” monospektakli namoyish etildi

Xalq og‘zaki ijodini saqlab qolish va rivojlantirish  maqsadida Xorazm viloyati musiqali drama teatrining “Oshiq G‘arib va Shohsanam” monospektaklini respublika bo‘ylab gastrol safarlarini tashkil etish borasidagi reja grafikqa asosan Xorazm viloyati musiqali drama teatri noyabr oyida Qashqadaryo viloyatida gastrol safari bilan borishi belgilangan.

21 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi tomonidan Xorazm viloyati musiqali drama teatri jamoasi tantanali ravishda kutib olindi. Ikki viloyat ijodkorlarining samimiy suhbati va dil izhorlari tinglandi. Shundan so‘ng Xorazm teatri ijodkorlari tomonidan  2 seans “Oshiq G‘arib va Shohsanam” monospektakli tomoshabinlar uchun namoyish etildi. Ushbu spektaklda yakka ijrochi sifatida spektakl O‘zbekiston xalq artisti Guloro Rahimovaning yuksak mahorati bilan ijro etildi. Spektakl tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olindi.

 

 

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati