Bayramingiz muborak aziz talabalar!

Bayramingiz muborak aziz talabalar!

18-noyabr  “Xalqaro talabalar kuni”  munosabati bilan Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida Qarshi davlat  universtituti talabalari  uchun “Talabalik –oltin davrim!”  nomli teatrlashtirilgan gala konsert dasturi namoyish etildi. Bayram tadbirini universitet rahbariyati tomonidan iqtidorli talabalarga yo‘nalishlari bo‘yicha kordinatorlarga faxriy yorliqlar, esdalik sovg‘alari  topshirildi.

Talabalar uchun tayyorlangan konsert dasturida teatr ijodkorlari tomonidan eng so‘ngi xit taronalar shuningdek, kino filmlardan sountreklar hamda teatr ijodkorlarining mualliflik qo‘shiqlari ijro etildi.   Talabalar bayram kayfiyatiga munosib tarzda qo‘shiqlarga raqsga tushishdi.

Bayram tadbirida jami 600 nafar talaba yoshlar  qamrab olindi.