Xalqaro talabalar kuni keng nishonlandi.
Xalqaro talabalar kuni keng nishonlandi.

“Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida Qarshi axborot texnologiyalari va menejment universtituti talabalari uchun “Talabalik –oltin davrim!” nomli teatrlashtirilgan bayram konsert dasturi namoyish etildi. Bayram tadbirini universitet rahbariyati tomonidan iqtidorli talabalarga yo‘nalishlari bo‘yicha grantlar va faxriy yorliq, esdalik sovg‘alari topshirildi. Konsert dasturida talabalar hayotidan turli kulgugli voqeliklar, vatanparvarlikka undovchi she’riy tabriklar va monologlar, askiya va payrovlar, sahna ko‘rinishlari, inson qadrining yuksalishi teatrlashtirilgan tarzida sahnada aks etdi. Talabalar go‘zal qo‘shiqlarga miriqib raqsga tushishdi. Muhimi, talabalar uchun tashkil etilgan ushbu tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.
Bayram tadbirida jami 600 nafar talaba yoshlar qamrab olindi.
