18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!

18 noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!

Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olmaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lgan.

Davlatimiz ramzi bo‘lgan “O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining  33 yilligi  bayrami munosabati bilan Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri ijodiy  jamoasi Bayrog‘imizni madh etuvchi ushbu she’riy tabrik bilan Sizlarni samimiy  muborakbod etadi!

Video rolik Q.Muzrapov tomonidan tayyorlandi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati