Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida ijodiy safarda
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida ijodiy safarda

O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri huzurida 2025 yil 1 may kuni o‘tkazilgan “Aholini teatrlarga tashrifini tizimli yo‘lga qo‘yish hamda “Teatr ibratxonadir” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi majlisning 79-sonli bayoni ijrosi yuzasidan 14-noyabr kuni Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumani(Madaniyat saroyi)da yashovchi bolajonlar uchun A.Xudoyorovning “Super Quyon” spektakli 3 seans namoyish etildi. Spektaklda bilimli quyonning do‘stga sadoqati va aqli bilan turli sinovlarni yenganligi maktab o‘quvchilari uchun yaxshi ibrat bo‘la oldi. Spektakl chekka hududida yashovchi bolajonlar tomonidan katta qiziqish va bir olam taassurotlar bilan qarshi olindi.
Spektakl namoyishida jami 900 nafar tomoshabin qamrab olindi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
