Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari Xorazm viloyatining Tuproqqal’a tumanida ijodiy safarda

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari

Xorazm viloyatining Tuproqqal’a tumanida ijodiy safarda

 

O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri  huzurida 2025 yil 1 may kuni  o‘tkazilgan “Aholini teatrlarga tashrifini tizimli yo‘lga qo‘yish hamda “Teatr ibratxonadir” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi majlisning 79-sonli bayoni ijrosi yuzasidan 13-noyabr kuni Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari Xorazm viloyatining Tuproqqal’a tumani(Musiqa va san’at maktabi)da  yashovchi bolajonlar uchun A.Xudoyorovning “Super Quyon” spektakli 3 seans namoyish etildi. Spektaklda Xorazm viloyatining Tuproqqal’a tumanida yashovchi mahalla aholisi hamda maktab o‘quvchilari ishtirok etishdi. Spektakl Xorazmning chekka hududida yashovchi bolajonlari tomonidan katta qiziqish va bir olam taassurotlar bilan qarshi olindi. Spektakl namoyishlari ertaga ham davom etadi.

Spektakl namoyishida jami 450 nafar tomoshabin qamrab olindi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati