“Yolg‘onchining rasmi” spektakliga tashrif buyuring.

“Yolg‘onchining rasmi” spektakliga tashrif buyuring.

Turkiyalik rejissyor Nazif Uslu tomonidan sahnalashtirilgan M.Baydurning “Yolg‘onchining rasmi” spektakliga tashrif buyuring. Spektaklda aytilganidek,  “Ma’noli yolg‘izlik qandoq  bo‘lishini  bilmas  ekanman. Har qanday  yolg‘izlik -ma’nosizlikdir”…Darhaqiqat, ma’nosiz hayotga ma’no berish uchun ikkita yolg‘iz insonning bir qutbda, bir nuqtada kesishi bu hamisha ham real voqelikka yaqin bo‘lavermaydi. Xuddiki bu, o‘zi istagan odamini go‘zal rasmlarda ko‘rishni istagani kabi..  Ammo, rasmlarning barchasi  – Yolg‘on.. Siz real hayotda duch kelaginingiz esa bu aynan-“Yolg‘onchining rasmi”ga o‘xshaydi.

Ushbu spektakl teatrning har oylik repertuaridan o‘rin olgan bo‘lib, tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olinmoqda.

Marhamat, Siz ham ushbu spektaklni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, teatr kassalaridan ma’lumot olishingiz mumkin.

Murojaat uchun raqamlar: 91-642-02-03, 99-132-32-19